s
USD: Rub: Eur:
2025-01-09 558

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti haqida bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmoniga muvofiq “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti ta’sis etilganligi munosabati bilan mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lgan, mardlik va jasorat, qat’iyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlarga ega mard o‘g‘lonlarimizni tarbiyalash hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, shijoatli va fidoyi yigitlarni rag`batlantirish maqsadida tasis etilgan.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti (keyingi o‘rinlarda — Davlat mukofoti) o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.11.2017 yildagi  PQ-3402-sonli Qaroriga asosan quyidagilar ariza topshirishi mumkin:

-Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;

-O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;

-14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

 

 Hujjatlarni topshirish muddati:

Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

 

Rasulbek Ibragimov

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Sho`ba boshlig`i

Мавзуга оид