Paxta tozalash sanoatida bir mavsum ishlash bir yil mehnat stajiga o‘tadi !
Paxta tozalash sanoati korxonalarida paxta tozalash bilan bog‘liq quyidagi ishlarda to‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadi:
paxtani quritish;
paxtani tozalash;
paxtani yuklash, tushirish;
paxtani pnevmotransportga ortish;
quritish-tozalash syexini yig‘ishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.