s
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 6-bandida navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan xodimlar rо‘yxati keltirilgan.
Unga kо‘ra pedagogik faoliyat bо‘yicha 25 yil va undan kо‘p ish stajiga ega bо‘lgan pedagog xodimlar, yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan kо‘p bо‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar hamda pensiya yoshiga tо‘lgan pedagog kadrlar ham majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan.
Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bо‘yicha haq tо‘lanadi.
Yuqorida ta’kidlab о‘tganimizdek, pensiya yoshiga tо‘lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan о‘tganlik muddati tugashidan qat’i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) bо‘yicha ularga haq tо‘lanadi.
Agar pensiya yoshiga tо‘lgan pedagog kadrlar о‘z xohishiga kо‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan о‘tib, malaka toifasini (lavozimi) oshirsa, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi (lavozimi) bо‘yicha haq tо‘lanadi.
Muhim eslatma: Prezidentning 2023 yil 26 maydagi PF-79-sonli Farmoni 3-bandiga kо‘ra pedagoglarga malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bо‘yicha sinovlarni о‘tkazishga moratoriy joriy etilgan.
Shu sababli, pedagoglarning 2018 yilda olngan malaka toifalarining amal qilish muddati ham pedagoglar navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytiriladi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev