s
USD: Rub: Eur:
2023-11-07 286

Bir necha kasbda ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda va ish hajmi ko‘payganda mehnatga haq to‘lash

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko‘payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lov belgilanadi va to‘lanadi:

  • byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;
  • byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi uning shtatdagi o‘rinbosari zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi.

 

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti T.Rajabov

Мавзуга оид