s
“Mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-97-son, 23.06.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Soliq kodeksida belgilangan alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar Toshkent viloyatidagi 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etilishi belgilandi.
Shuningdek, Prezident Farmoni (https://lex.uz/docs/555778#2000822) bilan tasdiqlangan To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxatiga “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish” yo‘nalishi kiritiladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi