s
USD: Rub: Eur:
2024-03-15 373

Tarbiyalanuvchining ota-onasi betob boʻlib farzandini 1 hafta bogʻchaga olib bora olmasa, bola bogʻchaga bormagan kunlar uchun ham pul toʻlanadimi?

 

Quyidagi holatlarda bola bogʻchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmaganda oʻsha kunlar uchun toʻlangan toʻlov keyingi toʻlovlar uchun hisobga olinadi, yaʼni bolaning kelmagan kuni uchun pul toʻlanmaydi:

bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi;

bolaning yoki oila aʼzolarining karantin holatida boʻlganligi;

ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra.

Qonunchilikda boshqa sabablar degan joyiga izoh berilmagan, shu sababli boshqa biron bir asosli holatni keltirish mumkin, masalan oilaviy marosimlar tufayli.

Har bir holat uchun tasdiqlovchi hujjat boʻlishi kerak, masalan kasallik haqidagi maʼlumotnoma.

Ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola bogʻchaga kelmasligiga ota-onalardan birining bogʻcha rahbariyatiga yozgan arizasi asos hisoblanadi.

Bunda bolaning bir yilda koʻpi bilan 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatgacha bogʻchaga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bogʻchaga qatnashi butunlay toʻxtatilganda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda bogʻchaga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.

Bolaning bogʻchaga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmaganda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.

 

Gurlan tuman yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                         E.Raxmatillayev

 

 

 

 

Мавзуга оид