s
Elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida mazkur Qoidalarga muvofiq yetkazib beriladi.
Yuridik shaxsning nomi o‘zgarganda yoki elektr qurilmalar mulkdori almashganda iste’mol qilinadigan quvvat va (yoki) elektr ta’minotining ishonchlilik toifasi o‘zgarmasa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi — elektr qurilmalarining huquqiy vorisi o‘rtasida elektr ta’minoti shartnomasi ommaviy oferta asosida elektr ta’minoti shartnomasini kelishish (qabul qilish) va uni axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali yangi mulkdor tomonidan tasdiqlash yo‘li bilan tuziladi.
Bunda iste’molchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, HETK tomonidan yangi abonent raqami elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, iste’molchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JShShIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Y.Baltayev