s
USD: Rub: Eur:
2023-11-24 689

Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi

Quyidagi shaxslar (https://lex.uz/docs/2898879#2899183) tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi:

 

-I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar.

 

-Bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar.

 

-1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

 

-Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo'lgan shaxslar.

 

-1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.

 

-Baynalmilalchi jangchilar.

 

-G'irt yetimlar.

 

-Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg'iz pensionerlar.

 

-18 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari.

 

-Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko'ra mudofaa ishlari bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan chaqiriq yoshidagilar.

 

-"O'zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

 

- 1 yoshgacha bolasi bo'lgan emizikli onalar.

 

-Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).

 

 

 

Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshlig’I                                                             N.Nurjonov

 

Мавзуга оид