s
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi, yozma , og‘zaki , ovozli yoki video tasvir , hajmli-fazoviy boshqa shakllardagi. Mualliflik huquqi g‘oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1050-moddasiga asosan Alohida mualliflik huquqining egasi o‘z huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin: aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi, alohida mualliflik huquqlari egasining ismi, asar birinchi marta e’lon qilingan yil. Mualliflik huquqining himoya belgisida ko‘rsatilgan shaxs, basharti boshqa hol isbotlanmagan bo‘lsa, huquq egasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga adabiy asarlar, dramatik va ssenariy asarlar, matnli va matnsiz musiqa asarlari, musiqali-dramatik asarlar, xoreografiya asarlari va pantomimalar, audiovizual asarlar, rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy san’at asarlari, manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari, arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari, fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar, jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar, barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari kiradi.
Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM operatori M.Tajimov