s
Bunda aholi punktlarida qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali yo‘llar nazarda tutiladi.
Avvalroq prezident farmoni bilan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingandi.
Unga ko‘ra, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida muhim topshiriqlar belgilanmoqda.
Xususan, kelasi yildan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
2024-yilning 1-martidan notarial idoraga kelmasdan, chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
2024-yildan bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.
Kelasi yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 10 trln so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trln so‘m yo‘naltiriladi.
2024-yil yakunigacha qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etiladi.
2024-yildan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
Shuningdek, kelasi yildan aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilanadi.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti O.Rajapov