s
Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish tо‘lovidan ozod qilinadi:
▫️I va II guruh nogironligi bо‘lgan shaxslar.
▫️Bolalikdan nogironligi bо‘lgan shaxslar.
▫️1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bо‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
▫️Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bо‘lgan shaxslar.
▫️1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.
▫️Baynalmilalchi jangchilar.
▫️G‘irt yetimlar.
▫️Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar.
▫️18 yoshgacha bо‘lgan bolalar, shuningdek о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘quvchilari.
▫️Chaqiriq komissiyalari xulosalariga kо‘ra mudofaa ishlari bо‘limlarining yо‘llanmalari bо‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bо‘lgan chaqiriq yoshidagilar.
▫️"О‘zbekiston Respublikasi faxriy donori" kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
▫️ 1 yoshgacha bolasi bо‘lgan emizikli onalar.
▫️Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).
Xonqa tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev