s
USD: Rub: Eur:
2023-12-15 786

Nutqida, eshitish va koʼrishida ogʼir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʼcha puli toʼlanmaydi

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʼchalarda ota-onalar toʼlovi undirilmaydi:
nutqidagi ogʼir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi);
eshitishdagi ogʼir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);
koʼrishdagi ogʼir nuqsonlar (koʼzi ojizlik (amovroz); tugʼma nuqsonlar (mikroftalьm, mikrokornea, anoftalьm, toʼr pardaning rivojlanishidagi tugʼma nuqsonlar; koʼrish nervining atrofiyasi, koʼrish nervi disk va makulasining ogʼir darajadagi gipoplaziyasi, alьbinizm, aniridiya, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʼliq yoki qisman xiralashish, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʼz gavxari yoʼqligi, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), koʼz gavxari siljishi (joy oʼzgarishi); glaukoma (tugʼma, ikkilamchi); toʼr pardaning koʼchishi);
tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʼkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomielit asoratlari; toʼgʼma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʼgʼma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat);
psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);
aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (engil va oʼrta darajadagi aqliy zaiflik);
murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi)

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

 

 

 

Мавзуга оид