s
USD: Rub: Eur:
2024-12-26 654

“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (608-son, 20.11.2023 y.) bilan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, tanlov 10 ta yo'nalishda mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida kamida bitta mahallada 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan, amaliy ish tajribasiga ega mahalladagi yoshlar yetakchilari o'rtasida o'tkaziladi.

Tanlovning, jumladan, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo'lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo'nalishida ichki ishlar organlari tomonidan yoshlar jinoyatchiligini o'tgan davrdagiga nisbatan joriy yilda kamaygan deb topilgan mahalla yetakchilari qatnashadi.

Shunga ko'ra, har yili 5 sentabrgacha YOshlar ishlari agentligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tanlov o'tkazilishi to'g'risida e'lon beriladi.

Ro'yxatdan o'tish har yili 5–30 sentabr kunlari bo'lib o'tadi. 

Tanlovning:

▫️tuman (shahar) bosqichi – oktabr oyida;

▫️hududiy saralash bosqichi – noyabr oyida;

▫️respublika final bosqichi – dekabr oyining birinchi o'n kunligida o'tkaziladi.

Respublika bosqichi g'oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;

rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid ta'lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

Shuningdek, g'oliblar “Mahalla iftixori” ko'krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

 

Мавзуга оид