s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 688

Ishchi-xodimning to‘lanmagan oylik ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Gurlan tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Navbir yop” mahallasi Fidokorlar ko‘chasi 8-uyda yashovchi fuqaro Atajanov Anvar Urazboevichning ustama pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Fuqaro A.Atajanov Gurlan tumanidagi “Navbir yop” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga mahalla fuqarolar yig‘inining 2020-yil 1-iyuldagi 20-sonli buyrug‘iga asosan qabul qilingan.

Biroq, fuqaro Atajanov Anvar Urazboevichga “Navbir yop” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlagan davri uchun jami 4 375 459 so‘m qo‘shimcha ustama haqlari to‘lanmasdan kelinganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga to‘lanmasdan turgan jami 4 375 459 so‘m miqdoridagi ish haqini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, to‘lanmasdan turgan pul mablag‘ini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.

 

Gurlan tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Ro‘zmetov Ergash Sabirovich

Мавзуга оид