s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 163

O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buziganlik uchun ma’muriy javobgarlik qanday ?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarik to’g'risidagi kodeksining 84-moddasiga ko’ra o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид