s
Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi doirasida “Strategik hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlarning roli: qonunchilik tashabbuslari, yuqori darajadagi kelishuvlar va ularning bajarilishini nazorat qilish” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiyada Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalari va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev hamda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisining Huquqiy siyosat va davlat qurilishi qo‘mitasi raisi Ali Guseynli moderatorlik qilishdi.
Sessiyada ikki mamlakat parlament aʼzolari parlament nazorati yuzasidan dolzarb masalalar, qonunchilik tashabbuslari va ularning ijrosini atroflicha muhokama qildi.