s
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi FK ning 39-moddasiga muvofiq, O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot – yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.Ushbu kodeksning 40-moddasiga asosan, yuridik shaxslarning turlari foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo’lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo’lishi mumkin.Tijoratchi tashkilot bo’lgan yuridik shaxs xo’jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin. Ushbu qonunga ko’ra, yuridik shaxs o’zining ustav va boshqa ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi. Qonunning 41-moddasiga ko’ra Yuridik shaxsning huquq layoqati.yuridik shaxs o’zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo’ladi. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxs qonunda ro’yxati belgilab qo’yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug’ullanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM bosh
yuriskonsulti D.А.Аzamatova