s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 27-martdagi “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-827-son Qonun imzolandi.
Ushbu hujjatga muvofiq;
Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir oʻtkazish holatlari boʻyicha ma’muriy javobgarlik oʻrnatilmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki jazo tariqasida fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq belgilanmoqda.
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov