s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 787

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlari jadallashtiriladi  

“Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-203-son, 30.05.2024y.) qabul qilindi  

 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentyabrdan: 

 Tadbirkorlar tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o'qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma'lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko'rish amaliyoti joriy etiladi: 

ikki marta ogohlantirishdan so'ng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi; 

qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlarni xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi. 

 Soliq qo'mitasi har chorakda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo'lgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar orasidan har bir hudud kesimida inson omilisiz avtomatik tarzda kamida 10 foizini tanlab olgan holda, ularda nazorat tadbirlarini o'tkazadi hamda qonun buzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi uch chorak davomida nazorat qilib boradi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид