s
USD: Rub: Eur:
2025-03-31 396

QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN.

Prezidentning 18.01.2024 yildagi PF-15-sonli «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 martdan boshlab qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.
2024 yil 1 martga qadar 15 626,8 gektar qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan (aholi punktlariga yaqin, suv ta’minoti yaхshi, unumdorlik yuqori boʻlgan, maydoni 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga boʻlgan holda).
Agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish tartibi bekor qilindi.

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      X.Matkarimov

Мавзуга оид