s
Prezidentning 13.10.2020 yil kungi PQ-4862-son qarorida, bunday kredit ajratilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratilishi ko‘rsatilgan. Faqat talabgor shaxslar nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim muassasalari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari maxsus sertifikatini olgan bo‘lishlari talab etiladi
Ushbu ta’minotsiz kreditlar «Mikrokreditbank» ATB xamda AT Xalq banki tomonidan xar bir talabgorga 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda beriladi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi
bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev