s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023-yil №51-son Farmoni bilan tasdiqlangan Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan boshlab quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etiladi;
banklarga qarz oluvchi tomonidan to‘langan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi beriladi;
professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;
uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha berilgan subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;
2023-yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy ta’minotdan to‘g‘ridan to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi beriladi.
2023-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlari:
Respublika bo’yicha 2023-yilda jami ajratiladigan subsidiyalar soni 30 000 Xorazm viloyati bo’yicha jami 1972-ta shundan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar 986-ta mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining mablag‘lari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar: 986-ta ajratilish rejalashtirilgan.
Hazorasp tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari katta mutaxassisi: Vaisov Sergey Baxtiyor og’li