s
USD: Rub: Eur:
2023-12-25 533

Talabalarga ham o‘qish joyidan “dekret ta’tili” beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga ham homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga akademik ta’til beriladi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Agar talaba mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan bo‘lsa, ish joyidan homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Agar talaba hech qayerda ishlamay, faqat o‘qiyotgan bo‘lsa akademik ta’til berilib, unga dekret puli to‘lanmaydi.

 

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev

Мавзуга оид