s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 965

Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi

“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi

 Qarorga ko'ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”), sun'iy intellekt va boshqa ilg'or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo'yish, saqlash va tadqiq qilish bo'yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o'tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;

➖raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish.

 Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

2024-yil 1-avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo'yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o'tkazish huquqi beriladi.

 Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakunigacha katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o'tkazilishini yo'lga qo'yadi.

“Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yil 1-martgacha, 2025-yil 1-avgustgacha to'liq versiyasi joriy etiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид