s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 328

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi

Adliya vazirligi va boshqa mas'ul idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun Senat tomonidan maʼqullandi.

 

Qonun bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.

 

Shuningdek, Qonun bilan ilk bor yangi institut joriy qilinib, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda.

 

Qonun Prezident tomonidan imzolanib e'lon qilingandan keyin kuchga kiradi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид