s
USD: Rub: Eur:
2023-11-27 313

Konstitutsiyada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasida qanday yangi normalar nazarda tutilgan?

Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Qonunchiligimizga muvofiq yoshlarga – 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar kiradi. O‘zbekistonda yoshlarning soni bugungi kunda 9,6 mln oshmoqda, yaʼni mamlakatimiz aholisining 30 foizga yaqinini tashkil etmoqda.

2016-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, 2020-yilda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi.

Yangilangan Konstitutsiyamizning 78 va 79-moddalari yoshlarga oid alohida normalar bilan to‘ldirildi. Ularga muvofiq:

birinchidan, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi, degan norma kiritildi. Ushbu norma jamiyatning tinchligi, yakdilligi hamda davlatning barqaror rivoji uchun muhimdir, va aksincha, aynan ushbu vazifaga eʼtiborsizlik jamiyat, millat va xalqning tanazuliga, davlatning parchalanishiga yo‘l ochadi.

Ikkinchidan, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi, degan norma mustahkamlandi. Biz demokratik, huquqiy davlat qurishga intilar ekanmiz, bunga kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning huquqlarini himoya qilmasdan turib, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini taʼminlamasdan turib, hech qachon erisha olmaymiz.

Uchinchidan, davlat yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joy, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratadi, degan norma kiritildi..

 

Tuproqqal’a tuman Yuridik

xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                               Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li

Мавзуга оид