s
2023-yilning 18-mart sanasida Urganch davlat universitetida “Magistraturaga qabul jarayonidagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Unda UrDU Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.Xodjaniyozov, Magistratura boʻlimi boshligʻi Y.Taxirov, universitet Matbuot xizmati vakillari, magistrlar, talaba-yoshlar hamda viloyatimizda blogerlik faoliyatini olib borayotgan OAV vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida prorektor S.Xodjaniyozov, Magistratura boʻlimi boshligʻi Y.Taxirovlar soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimidagi islohotlar va olib borilayotgan islohotlarning barchasi oliy taʼlimga qamrovni maksimal darajada kengaytirishga qaratilganligini eʼtirof etib, Urganch davlat universitetida taʼlimning magistratura bosqichida oʻquv jarayonlarini tashkil etilishi haqida maʼlumotlarni ilgari surdilar.
Xususan:
UrDU Magistratura bo‘limida 2022-2023 o‘quv yilida 2-kursda 31 ta mutaxassislik bo‘yicha 1034 nafar, 1-kursda 24 ta mutaxassislik bo‘yicha 105 nafar magistrlar tahsil olib kelmoqda. 2022-2023 o‘quv yili yanvar oyi qabulida 30 ta mutaxassislik bo‘yicha 180 nafar magistr o‘qishga tavsiya qilindi. Ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ilg‘or ish tajribalarni joriy etish, magistrlik dissertatsiyalar bajarilishiga ilmiy ruhiyat kasb etish, tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy maqolalar nashr ettirish, ilmiy anjumanlarda talabalar ishtirokini ta’minlash imkoniyatlarini yaratish, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida qator sayi-harakatlar olib borilmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-avgustdagi 447-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-avgust 280-sonli buyrug‘iga asosan, Urganch davlat universiteti magistratura bo‘limi 1-bosqich talaba-qizlarining 30 nafari, 2-bosqich talaba-qizlarining 669 nafarining to‘lov-kontrakt shartnoma mablag‘lari davlatimiz tomonidan to‘lab berildi, shuningdek, yanvar oyi qabulidagi esa 80 nafar talaba-qizlarining ham to‘lov-kontrakt shartnoma mablag‘lari qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bugungi kunda bo‘lim va mutasaddi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 37 ta mutaxassislik boʻyicha 4 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasi bilan qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlanmoqda:
Belorus Respublikasining Mogilyov universiteti-“Oziq-ovqat” mutaxassisligi boʻyicha;
Rossiyaning Astraxan davlat universiteti - “Bank ishi”, “Qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi” mutaxassisligi boʻyicha;
Germaniyaning Vaynshtefan universiteti - “Agromenejment” mutaxassisligi boʻyicha;
Rossiyaning Astraxan texnika universiteti - “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” mutaxassisligi boʻyicha.
Shunindek, anjumanda magistraturaga qabul jarayonlaridagi soʻnggi yangiliklar haqida atroflicha tushuntirishlar berdilar.
Magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023 o‘quv yili yanvar oyi qabuli bo‘yicha tanlovdan oʻtgan magistrantlar 2 yil oʻqish mobaynida magistrdan talab qilinadigan xorijiy tilni bilish darajasini baholovchi milliy yoki xalqaro tan olingan B2 (C1) darajadagi sertifikatni taqdim qilish lozimligi taʼkidlanib, bu borada magistrantlar uchun universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bepul til o'qitish kurslari tashkil qilinganligi qayd etildi. Ushbu imkoniyatdan samarali foydalangan talabagor kelgusida sertifikatga ega boʻlgach, imtihon harajatlari ham qoplab berilishi taʼkidlandi.
Anjuman davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga masʼullardan javoblar oldilar.
UrDU Matbuot xizmati