- pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60 kungacha murojaat qilinsa – pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, ya’ni pensiya tayinlash yoshiga etgan va ish stajiga ega bo‘lgan kundan boshlab;
- 60 kunlik murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilganda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqorida ko‘rsatilgan tartibda pensiya tayinlanadi.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Boshlig`i B.Yusupov