s
Investorlar subsidiya olishi va tashkilotlar moliyalashtirilishi uchun hujjatlarni topshirish sanasiga quyidagi talablarga tegishlicha javob berishi zarur:
investor mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya olmagan, tashkilotlar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanganlik uchun moliyalashtirilmagan bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi;
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi;
sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan bo‘lmasligi;
subsidiya olish uchun mehmonxona binosi besh qavatdan past bo‘lmasligi (binoning yerto‘la qismi bundan mustasno).
Subsidiya olish uchun ariza taqdim etish va uni ko‘rib chiqish tartibi
Investorlarga subsidiya 3 yulduzli toifaga va 60 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega yoki 4 va 5 yulduzli toifaga va 120 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega binosi besh qavatdan past bo‘lmagan yangi qurilgan mehmonxona uchun ajratiladi.
Subsidiya bir marta ajratilib, uning miqdori kelgusi yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda:
3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘mni;
4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘mni tashkil etadi.
Bunda respublika bo‘yicha toifali (yulduzli) mehmonxonalar mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda yangidan quriladigan mehmonxonalarga mazkur xarajatlar quyidagicha 50 foizga oshirilgan miqdorda belgilanadi:
dastlabki 2 ta 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga;
dastlabki 3 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga.
Investorlar subsidiya olish uchun 2027 yil 1 martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) YIDXP orqali murojaat qiladi.
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
katta to‘rtlik (“big four”) auditorlik tashkilotlaridan birining ijobiy xulosasi nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalaridan mehmonxona binosi yangi qurilganligi (mehmonxona rekonstruksiya qilinmaganligi) va besh qavatdan past emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Urazbayev Tursunboy