s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 554

Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi?

Quyidagi shaxslar (https://lex.uz/docs/2898879#2899183) tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi:

 

▫️I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

 

▫️Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar.

 

▫️1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

 

▫️Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar.

 

▫️1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.

 

▫️Baynalmilalchi jangchilar.

 

▫️G‘irt yetimlar.

 

▫️Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar.

 

▫️18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari.

 

▫️Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar.

 

▫️"O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

 

▫️ 1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar.

 

▫️Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).

 

 

Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.KRaxmatillayev

 

Мавзуга оид