s
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan bir qator to‘lovlar miqdori oshirilgan.
Unga ko‘ra hozirgi kunda:
Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari(RO‘DRB) uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (ilgari BHMning 1,5 miqdori edi);
Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (ilgari BHMning 75 foizi edi);
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (avval BHMning 1 baravari bo‘lgan);
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (bungacha BHMning 50 foizi miqdorida edi).
Shuningdek:
yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
RO‘DRBni o‘n ikki oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi
bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev