s
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
taqdim etilgan maʼlumotlar noto‘gʼri yoki soxta bo‘lganda;
ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan oila aʼzolari takroriy murojaat etganda;
joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
ariza beruvchi yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan normadan kam yoki ko‘p bo‘lganida. Yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi