s
USD: Rub: Eur:
2023-11-01 623

Fuqaroning savoliga javob

  Savol: Bolalarim xususiy bog'chada ta'lim olishadi, men bog'cha to'lovlari uchun daromad solig'idan (podoxodniy) ozod etilamanmi?
Javob: Ha.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchining soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarga soliq solinmaydi.
    Agar, to'lovlar 3 million so'mdan oshib ketsa, oshgan summa uchun soliq solinadi.
  Soliq imtiyozi jismoniy shaxsning  jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasini soliq xizmati organlariga topshirgan holda yoki soliq to‘lovchining to‘lov manbaiga (ish beruvchi) yozma arizasi asosida olinishi mumkin.
  Asos: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
 
 
 
 Jasur ATADJANOV
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik           xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi

Мавзуга оид