s
Sud boshqaruvchilari attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va attestat berishda davlat xizmatlari orqali murojaat qilinganda agentlik so‘rovnoma tushgan kundan boshlab uch ish kunida talabgorning attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligini belgilaydi.
Bunda talabgor nazarda tutilgan malaka talablariga javob bermaganda, ushbu talabgor attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qo‘yish rad etiladi.
Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, Agentlik talabgorga 5 ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Bunda talabgor YaIDXP orqali murojaat etgan bo‘lsa, Agentlik uning shaxsiy kabinetiga so‘rovnomani qabul qilmaslik to‘g‘risida asoslantirilgan xabarnoma yuboradi yoki talabgor Markaz orqali murojaat etgan bo‘lsa, Markaz uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Talabgor besh ish kuni o‘tgandan keyin murojaat qilgan taqdirda, murojaat yangidan berilgan deb hisoblanadi va talabgordan yig‘im undiriladi.
Quyidagilar talabgorning attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qo‘yilmasligi uchun asos bo‘ladi:
talabgor nazarda tutilgan malaka talablariga javob bermaganda;
hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
hujjatlarda yolg‘on yoki qalbaki ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanganda;
talabgor tomonidan belgilangan muddatda hujjatlar qayta taqdim etilmaganda.
So‘rovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Attestatsiyaga (qayta attestatsiyaga) qo‘yilishi rad etilgan talabgor Markazga yoki YaIDXP orqali rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin 10 ish kunida qayta so‘rovnoma berishi mumkin.
Takroriy topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi so‘rovnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni davomida Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar takroran ko‘rib chiqiladi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda Agentlik tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Attestatsiya (qayta attestatsiya) o‘tkazish kuni, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumot Agentlik tomonidan belgilanib, ushbu ma’lumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida attestatsiya o‘tkazish sanasidan o‘n besh kun oldin joylashtiriladi.
Talabgor attestat olish uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan maxsus dastur bo‘yicha va muddatlarda test imtihoni topshiradi.
Attestatsiya (qayta attestatsiya) so‘rovnoma Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechikmay imtihon shaklida o‘tkaziladi.
Test imtihoni topshirishda talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini (fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi kabilar) taqdim etadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan yoxud test imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi, bu haqda talabgor Markaz (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikkinchi marta test imtihonini topshirish uchun kelmasa, talabgorga attestat berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish rad qilingan hisoblanadi. Bunda test imtihonidan o‘tish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
Hujjatlar mazkur Nizomda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiriladi.
Imtihon kompyuter dasturidan foydalangan holda, talabgori tanlagan tilda ellikta test savollariga javob berish shaklida o‘tkaziladi va javoblar uchun talabgorga bir soat vaqt ajratiladi.
Test savollari va javoblar variantlari Assotsiatsiya takliflarini hisobga olgan holda, Agentlik tomonidan sud boshqaruvchilarini o‘qitish bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus o‘quv dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Test savollarining mazmuni va javoblar variantlari to‘lovga qobiliyatsizlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.
Imtihon topshirish vaqtida Attestatsiya komissiyasining kamida ikki a’zosi kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Imtihon topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
qonunchilik hujjatlari va yo‘riqnoma materiallar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
imtihon kabinetidan tashqariga chiqish (test sinovi o‘tayotgan xonadan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi).
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi o‘tayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va imtihondan o‘tmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga imtihonda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Imtihon yakunlari bo‘yicha talabgor olingan natijalar asosida attestatsiyadan o‘tgan yoki attestatsiyadan o‘tmagan deb tan olinadi.
Imtihon natijalari Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Talabgorga attestatsiya natijalariga asosan quyidagi toifadagi attestatlardan biri beriladi:
savollarning kamida 85 foiziga to‘g‘ri javob berganda — birinchi toifa;
savollarning kamida 75 foiziga to‘g‘ri javob berganda — ikkinchi toifa;
savollarning kamida 65 foiziga to‘g‘ri javob berganda — uchinchi toifa;
savollarning kamida 50 foiziga to‘g‘ri javob berganda — to‘rtinchi toifa.
Test imtihonining natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan so‘ng uch ish kunida Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Test imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida test imtihoni onlayn rejimda namoyish etiladi va uni o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlikda uch yil mobaynida saqlanadi.
Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tmagan yoki attestat toifasini oshirish istagi bo‘lgan talabgor test imtihonini takroran topshirish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt o‘tgandan so‘ng ushbu Nizomda belgilangan tartibda test imtihonidan o‘tishga yoki attestat toifasini oshirish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Markaz attestat olingandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Talabgorning so‘roviga ko‘ra Markaz attestatni elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Qo‘shko‘pir tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori 1-darajali yurist R.S.Abdullaeva