s
Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 137-moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi