s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 577

Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 475-sonli qarori qabul qilindi.

Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini qo‘shimcha rag‘batlantirish, hamda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • yoqilg‘i-energetika resurslarining 2023 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan narxlari; 
  • yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi tarkibi;
  • energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab:

  • tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish tariflarini hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini;
  • elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilaridan va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini;
  • temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish xizmatlari va boshqa tariflarni qayta ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suv xizmatlariga, shahar yo‘lovchilar tashish transportida yo‘lovchilar tashish xizmatlariga yangi tariflarni belgilash tavsiya etildi.

Bunda issiqlik ta’minoti xizmatlarining aholi uchun belgilanadigan narxlari joriy kuz-qish mavsumida oshirilmaydi.

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida:

  • o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalari tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanganligini va onlayn rejimda ma’lumotlar uzatilayotganligini qat’iy nazorat qilib borsin;
  • noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirsin;
  • tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda bir kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin.

 

Urganch tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov

Мавзуга оид