s
USD: Rub: Eur:
2023-12-15 346

Turar va yashash joyini erkin tanlash huquqi

Turar va yashash joyini erkin tanlash huquqi – shaxsga davlat hududi doirasida turar va yashash joyini erkin o‘zgartirish imkonini beruvchi shaxsiy huquq bo‘lib, inson shaxsining erkin rivojlanishi uchun muhimdir.

Shu bois, yangilangan Asosiy qonunimizning 32-moddasida qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, deb belgilandi.

Turar joy” va “yashash joy” tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lsada, ular farqlanadi, turar joy – shaxsning vaqtinchalik turar joyi bo‘lsa, yashash joyi esa – shaxsning doimiy yashash joyi sifatida tushuniladi. Fuqarolik kodeksida fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi. Masalan, fuqaroning mehmonxonada, yotoqxonada, qarindoshlari yoki yaqinlarining uyida yashab turgan manzili uning turar joyi, doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashab turgan uyi yashash joyi hisoblanadi.

Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktning 12-moddasida biror-bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan har bir insonning ushbu davlat hududi doirasida erkin harakatlanish va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega ekanligining belgilanganligi, inson huquqlari nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda fuqarolarning turar va yashash joyini tanlash huquqini to‘laqonli taʼminlash maqsadida uzoq yillardan buyon og‘riqli masala bo‘lib kelgan, fuqarolarni kamsituvchi “propiska” tizimi yo‘q qilindi. Bundan tashqari, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olish” tizimini yanada soddalashtirish belgilandi.

 

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 bosh yuriskonsulti Y.Xo`jamuratova

 

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид