s
USD: Rub: Eur:
2025-03-30 742

It va mushuk boqish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjud!

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarik to’g'risidagi kodeksining 110-moddasiga ko‘ra It va mushuk boqish qoidalarini buzish bunda Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид