s
“Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-292-son, 15.08.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2024-yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.
Tadbirni yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan ko‘p jildlik akademik tarjima va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish;
2024-yil oktyabr oyida Toshkent shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish.
2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Termiziy allomalarning ilmiy-maʼnaviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Imom Termiziy asarlari bo‘yicha hadislar bilimdoni” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi