s
USD: Rub: Eur:
2023-07-26 486

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishdagi yangi qoidalar

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 540-son Qarori bilan aholiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini oson va qulay sharoitlarda ko‘rsatish maqsadida fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ichki ishlar organlariga so‘rovnoma yuborish va fikr olish tartibi joriy qilindi.       

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Quyidagi hollarda familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishga yo`l qo`yiladi:

“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq;

sudning hal qiluv qarori asosida;

agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;

agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa;

xohishiga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;

oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa;

bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha bo‘lgan familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiysining familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda;

16 yoshga to‘lgan shaxsga otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi.

FHDY bo‘limi mudiri taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FHDY organlaridan o‘zining talabi bo‘yicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalarini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oladi va tegishli tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali so‘rovnoma jo‘natadi. Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 20 kun mobaynida o‘rganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FHDY organiga axborot tizimi orqali taqdim etadi. Ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirilishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa tuzilgan taqdirda ushbu holatning aniq sabablari ko‘rsatiladi.

 

Yangibozor tuman FHDY bo`limi mudirasi:       Xolida Madaminova

Мавзуга оид